Qoraqalpog‘istonda MFYlar tomonidan o‘tkazilgan 10 mlrd so‘mga yaqin tenderlarda qonun buzilish aniqlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahallalar infratuzilmalarini takomillashtirish, aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini hamda mavjud muammolarning samarali va tezkor hal etilishini moliyaviy va moddiy jihatdan ta’minlash maqsadida jamg‘arma hisobidan 2023 yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 452 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining har biriga 500 mln so‘mdan mablag‘ yo‘naltirishi belgilangan. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati yozmoqda.
“Yuqoridagilarga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan umumiy qiymati 10 mlrd so‘mga yaqin tanlovlarni o‘tkazishda “Raqobat to‘g‘risida” va “Davlat xaridlari” gi qonunchilik hujjatlariga asosan, takliflarni baholash mezoni (xarid komissiyalari tomonidan kelib tushgan takliflarga ball belgilashda baholash mezonlarini ishlab chiqmagan) talablarini buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi”, – deyiladi xabarda.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi tomonidan 48 ta belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib tegishli choralar ko‘rildi.
Bugungi kunda Qo‘mita tomonidan “Raqobat to‘g‘risida” va “Davlat xaridlari” gi Qonunlari talablari yuzasidan o‘tkazilgan tender savdolari bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Sharhlar