Qoraqalpog‘istonlik shifokorlar Misrning yetakchi tibbiyot majmuasida malaka oshiradi

Foto: SSV

Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Murod Qurbonov boshchiligidagi delegatsiya Misr davlatida bo‘ldi. Safar davomida vakillarimiz ushbu mamlakatning “Alameda Group” tibbiyot majmuasi faoliyati, bu yerda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘tkazilgan muloqot natijasida Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi va “Alameda Group” majmuasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu hujjat asosida majmua tarkibidagi “Alameda Academy”da qoraqalpog‘istonlik tibbiyot xodimlarining grant asosida malaka oshirishi va zamonaviy texnologiyalar asosida o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: “Alameda Group” majmuasi 1999-yilda tashkil etilgan. Hozir Misrdagi eng nufuzli “Al Salam International Hospital”, “Dar El Fouad Hospital”, “Elixir Care Center”, “Tabibi Clinics”, “German Center for Rehabilitation” tibbiyot muassasalari hamda “Alameda Academy”ni qamrab olgan. Majmuada 5000 dan ortiq xodim, shu jumladan 1000 ga yaqin shifokor faoliyat ko‘rsatadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.