Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi
Qurbon hayiti munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 15, 16, 17-iyun kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar bermoqda.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi
Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26
776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi
Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05
Ulashish:
Sharhlar