O‘zbekiston qariyb 11 mln dollarlik qovun eksport qildi

Foto: agro-olam.uz

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-iyul oylarida xorijga qiymati 10,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 24,3 ming tonna qovun eksport qilgan.

O‘zbekiston 2024-yilning 7 oyida eng ko‘p qovun eksport qilgan davlatlar:

— Qirg‘iz R. – 7,2 ming tonna

— Qozog‘iston – 6,2 ming tonna

— Rossiya – 5,9 ming tonna

— Latviya – 1,3 ming tonna

— Germaniya – 0,8 ming tonna

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.