“Sanepidqo‘mita” yo‘l bo‘yidan qovun-tarvuz sotib olmaslikka chaqirdi

Фото: yuz.uz

O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi yo‘l yonidagi chodirda tarvuz va qovun sotib olmaslikka chaqirdi.

Ta’kidlanishicha, bunday poliz mahsulotlari va mevalar avtotransport vositalarining chiqindilaridan toksik moddalarni o‘ziga o‘zlashtiradi va sog‘liq uchun zararli hisoblanadi.

Shuningdek, qo‘mita qovun noto‘g‘ri iste’mol qilinsa, organizmga zarar yetkazishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Diyetologlar faqat pishgan qovunni – asosiy ovqatlar orasida, boshqa ovqatlar bilan aralashmasdan iste’mol qilishni maslahat berishadi. Uni och qoringa, shuningdek kechqurun 17.00-19.00 soatdan keyin iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Uglevod mahsulotlarini kechqurun iste’mol qilish insulinning ko‘payishi va yog‘larning to‘planishiga olib keladi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud: oshqozon yarasi yoki gastritning kuchaygan davrida qovunni iste’mol qilmaslik kerak.

Qovun yuqori kaloriya emas – naviga qarab  100 g. uchun atigi 30-38 kkal. Kaloriya miqdori past bo‘lishiga qaramay, qovun yuqori glikemik indeksga ega va shakar miqdori ko‘paygan (banan kabi 60-65), shuning uchun u diabet va semizlikka moyillar uchun ma’qul mahsulot emas.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.