Qo‘yliqdagi “ovqat bozori” vaqtincha yopildi

Foto:spot.uz

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo‘limi hamda tegishli tashkilot xodimlari bilan hamkorlikda Qo‘yliq dehqon bozorida kuchaytirilgan reyd tadbiri tashkil etildi. Mazkur bozorda sanitariya qoidalari qo‘pol ravishda buzilgani aniqlandi.

Reyd tadbiri davomida bozorda joylashgan ovqat sotish shoxobchasida sanitariya qoidalariga rioya qilinmagani, bir necha marotaba ogohlantirishlar va targ‘ibot ishlari o‘tkazilishiga qaramasdan ob’ektda holat o‘zgarishsiz qolgani aniqlangan. Natijada “ovqat bozori”ning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 150 kg banan, 21 kg turli xildagi salat, 45 litr sut hamda 32 kg pishirilgan taomlar yaroqsizligi tufayli savdodan olinib, yo‘q qilish choralari ko‘rilgan.

Qayd etilishicha, ob’ektda sanitariya holati yaxshilanib, mutaxassislar tomonidan talabga javob berishi to‘g‘risida xulosa berilmagunga qadar “ovqat bozori” ish faoliyatini davom ettirmaydi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.