Qozog‘iston elchixonasi o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi

фото: nur.kz-

O‘qqa tutishlar va havo hujumlari soni ortib borayotgani sababli Qozog‘iston elchixonasi o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni va trevoga signalini e’tiborsiz qoldirmaslikni tavsiya qildi.

“Ukrainada artilleriya otishmalari va havo hujumlari soni ortib borayotgani munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi xavfsizlik nuqtai nazaridan Qozog‘iston fuqarolariga faol jangovar harakatlar sodir bo‘lgan joylarga yaqin hududlarni tark etish yoki Ukrainani tark etish haqida o‘ylab ko‘rishni tavsiya qiladi”, – deyiladi Qozog‘iston elchixonasining Telegram kanalida.

Shuningdek, elchixona barcha fuqarolarni havo hujumi haqidagi ogohlantirishni e’tiborsiz qoldirmaslikka va zudlik bilan boshpanaga borishga, o‘z xavfsizlik choralariga rioya qilishga va rasmiy idoralarning tavsiyalariga amal qilishga chaqiradi.

Ukrainadan Qozog‘istonga sayohat qilish uchun fuqarolar quruqlikdagi yo‘nalishlardan foydalanishlari mumkin: Polsha yoki Moldova orqali, keyin esa tijorat havo xizmatlari orqali.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.