Qozog‘iston noqonuniy yo‘l bilan sotib olingan 1 milliard dollarlik aktivlarni qaytarib berdi
Qozog‘istonning noqonuniy aktivlarini qaytarish komissiyasi mamlakat byudjetiga yana 525 milliard tenge (1 milliard dollardan ortiq)ni qaytarishni ma’qulladi.
“Davlat rahbari taʼkidlaganidek, qaytarilgan barcha mablagʻlar qozogʻistonliklar manfaati uchun ishlashi kerak. Joriy yil boshidan beri komissiya umumiy qiymati 900 milliard tengedan ortiq aktivlarni qaytarish bo’yicha kelishuvlarni tasdiqladi. Bu mablagʻlar hisobidan bir qator ijtimoiy infratuzilma obʼyektlari qurilishi boshlandi”, — dedi Bosh vazir Oljas Bektenov.
Olingan mablag‘lar Moliya vazirligining maxsus hisob raqamiga o‘tkazib, Olmaliq shahrida iqtidorli sportchi bolalar uchun 120 o‘rinli sport majmuasi qurilishiga sarflanadi.
Shuningdek, Ostona shahrida tayanch-harakat tizimida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun reabilitatsiya markazi va Olmaota shahrida alohida ehtiyojli kishilar uchun 400 o‘rinli o‘quv markazi qurish rejalashtirilgan.
2023-yil iyul oyida Prezident Qosim-Jomart Tokayev “Noqonuniy yo‘l bilan olingan mulklarni davlatga qaytarish to‘g‘risida”gi qonunni imzolagan edi.
Sharhlar