Qozog‘istonda o‘zbekistonlik uzoq masofaga yuruvchi haydovchiga hujum qilindi
3-noyabr kuni Qozog‘iston bilan О‘zbekiston o‘rtasidagi “Najimov – Qozig‘urt” chegara o‘tkazish punktida О‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchisiga noma’lum shaxslar pichoq bilan hujum qilishgan, deya xabar bermoqda О‘zbekiston Transport vazirligi.
Jabrlangan shaxs kasalxonaga olib borilgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tergov ishlarini boshlagan.
О‘zbekiston Transport vazirligi vaziyatni nazorat ostiga olgan. Hodisa Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 293-moddasi bo‘yicha tergov qilinmoqda. Gumondor shaxslar qidiruvga e’lon qilingan.
Ulashish:
Sharhlar