Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTH oqibatida olti nafar О‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana bir nechtasi jabrlandi
Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTH natijasida olti nafar О‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana bir necha nafari shifoxonaga yetkazildi.
Nur.kz xabariga ko‘ra, YTH 16-oktyabr kuni taxminan soat 07:30 da Mang‘istau viloyatidagi “Beyneu-Tajen” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Jac rusumli yengil avtomobil yo‘l chetida chegaradan o‘tishni kutib turgan MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Mashinada 10 kishi bo‘lgan. To‘rt nafar jabrlanuvchi Beyneu markaziy tuman kasalxonasiga yotqizilgan, ularning ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda. Olti nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan.
Ikkala mashina ham О‘zbekistonda ro‘yxatga olingan bo‘lib, jarohatlanganlar va halok bo‘lganlar Rossiyadan qaytayotgan О‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.
Politsiya YTH yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshladi.
Sharhlar