Qozog‘istonda sodir bo’lgan YTHda 2 nafar bola ham bo’lgan
Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi trassada sodir bo‘lgan YTH oqibatida olti nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qurbonlar orasida ikki nafar bola ham bor.
Voqea 16-oktabr kuni sodir bo‘lgan. JAC rusumli avtomobil chegaradan o‘tish uchun navbatda turgan yo‘l chetidagi MAN yuk mashinasi orqasiga borib urilgan.
Avtomobilda jami 10 kishi bo‘lgan. 6 kishi halok bo‘lgan, qolgan to‘rt nafar yo‘lovchi Beyneu tuman markaziy kasalxonasiga yotqizilgan. Jabrlanganlarning ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholangan.
“Aqtaudagi bosh konsullik xodimlarimiz ularning qarindoshlari bilan bog‘lanishdi. Bugun ular Qozog‘istonga kelishadi. Yaqin kunlarda jasadlar O‘zbekistonga olib kelinadi. Shifoxonada yotgan to‘rt nafar fuqaromizning ahvoli yaxshi, deb baholanmoqda. Ular shifoxonadan chiqqanlaridan keyin O‘zbekistonga qaytadi”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning barchasi Xorazm viloyatidan bo‘lgan — uch erkak, bir ayol va ikki nafar bola. Bir nafar erkak, ayol va ikki bola kasalxonada.
Sharhlar