Qozog‘istonda vafot etgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi mamlakatga olib kelinadi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan YTH oqibatida halok bo‘lganlarni O‘zbekistonga olib kelish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida maxsus bort bugun, 4-aprel kuni soat 10:25 da Qozog‘iston Respublikasiga uchib ketdi, deb xabar beradi O‘zA.

2024-yil 3-aprel kuni soat tahminan 17:00 larda Qozogʻiston Respublikasi, Aqto‘be viloyati, Algin tumanidan oʻtgan Respublika ahamiyatiga ega “Samara-Chimkent” avtomobil yoʻlining 678 km.da “Toyota-Alhpard” rusumli hamda “Volvo” rusumli yuk avtomobili ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan. Natijada, “Toyota-Alhpard” rusumli avtomobilida boʻlgan jami 8 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan, baxtsiz hodisada vafot etganlarni Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga olib kelish va dafn etish marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilib, kerakli barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Favqudodda vaziyatlar vazirligi masʼullari qozogʻistonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada boʻlib, baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini oʻrganish boʻyicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.