Qozog‘iston qarigan davlatlar qatoridan joy oldi
Jahon demografik istiqbollari hisobotiga ko‘ra, 65 yoshdan oshganlar soni boshqa yosh guruhlariga qaraganda tezroq o‘sib bormoqda.
Prognozlarga ko‘ra, 2050-yilda 65 yoshdan oshgan keksa aholi ulushi 16 foizga oshadi va 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni ikki barobarga, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni esa tenglashadi.
Qozog‘istondagi vaziyat global tendensiyaga to‘g‘ri keladi, mamlakatda keksalar ulushi 5 yil ichida 22,2 foizga oshdi.
BMT standartlariga ko‘ra, agar 65 yoshdan oshgan keksalarning ulushi 7 foizdan ortiq bo‘lsa, mamlakat qarigan hisoblanadi. Qozog‘iston Milliy statistika byurosining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 65 yoshdan oshganlar soni 1 771 909 nafar yoki 8,8% ni tashkil qiladi. Bu Qozog‘istonning qarigan davlatlar qatoridan joy olganidan dalolat beradi.
Mamlakatda keksalarning yashash joyi va ijtimoiy-demografik ko‘rsatkichlariga kelsak:
– keksa aholi asosan shaharda (65%), qolganlari qishloqda (35%) yashaydi;
– demografik bo‘linishda erkaklarga (37%) qaraganda ayollar (63%) ko‘proq;
– 65 yoshdan oshganlarning aksariyati Almati (205 586), Qarag‘andi (139 449) va Turkiston viloyatida (121 299) istiqomat qiladi;
– eng past ko‘rsatkich Mang‘istau (42 353), Atirau (44 203) va Ulitau (20 356) viloyatlarida.
Sharhlar