Qozog‘istonda 10-iyul “Veterinariya xodimlari kuni” sifatida belgilandi
Yangi bayram hayvonlar salomatligi va chorvachilik mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashga beqiyos hissa qo‘shayotgan veterinariya mutaxassislari mehnatining ahamiyatini ta’kidlashga bag‘ishlangan.
So‘nggi o‘n yillikda Qozog‘iston Respublikasi veterinariya xizmatida veterinariya va oziq-ovqat mahsulotlari sohasida samaradorlik va xavfsizlikni oshirishga qaratilgan jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. 2011-yilda tashkil etilgan QR Qishloq xo‘jaligi vazirligining Veterinariya qo‘mitasi ushbu sohadagi faoliyatni tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi asosiy organga aylandi.
Veterinariya qo‘mitasining asosiy vazifalari hayvonlarni kasalliklardan asrash, aholi salomatligini muhofaza qilish, veterinariya-sanitariya xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish hisoblanadi. Veterinariya preparatlari va yem-xashak xavfsizligi va sifatini nazorat qilish faoliyatning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
Sharhlar