Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi
Qozog‘istonning Atirau viloyatida O‘zbekiston fuqarosi chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi.
Voqea 25-iyun kuni Usenov ko‘chasida sodir bo‘lgan. Aniqlik kiritilishicha, tashlandiq uyga chaqmoq tushgan, shundan so‘ng yong‘in sodir bo‘lgan.
Mahalliy yong‘in xavfsizligi bo‘limining 3 nafar xodimi bitta texnika bilan yong‘inni o‘chirishdi. Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, uyda odam bo’lgan. Yashin urishi vaqtida u qurilayotgan uyning oshxonasida bo‘lgan, deyiladi xabarda.
35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi joriy yilning 28-may kuni Qozog‘iston hududiga kirib kelgan. U Miyali qishlog‘ida yashovchi fuqaroning uyida vaqtincha ro‘yxatga olingan.
Jasadni ko‘zdan kechirish chog‘ida tan jarohatlari aniqlanmagan.
Jasad sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish uchun tuman shifoxonasi o‘likxonasiga topshirildi.
Sharhlar