Qozon shahrida oʻtayotgan VI BRIKS oʻyinlarida sportchilarimiz 12 medalga egalik qilishdi
Rossiyaning Qozon shahrida VI BRIKS oʻyinlarining ikkinchi kuni ortda qoldi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi sportchilari 1 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 12 ta medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Sport vazirigi matbuot xizmati xabar beryapti.
Gʻolib va sovrindorlar roʻyxati:
🥇 Oltin medal:
Mehriddin Toʻraxonov (karate, -60 kg)
🥈 Kumush medal:
Vyacheslav Rudnev / Anna Vashchenko (sinxron suzish, mikst)
Gulshan Alimardonova (karate, -50 kg)
Erkin Qozoqov (sambo, -98 kg)
Nurbek Toʻrayev (sambo, +98 kg)
Darya Latisheva (ushu, taolu)
🥉 Bronza medal:
Jasmina Mahmudova (sport gimnastikasi, tayanib sakrash)
Muhammadabdulaziz Xoʻjaqulov (karate, -67 kg)
Doston Otabolayev (karate, -75 kg)
Feruza Xoʻrozova (sambo, +80 kg)
Muxlisa Turdiyeva (sambo, -72 kg)
Muxlisaxon Qodiberganova (sambo, -65 kg)
Ikki kunlik bahslardan soʻng Oʻzbekiston delegatsiyasi 2 ta oltin, 6 ta kumush va 10 ta bronza medallari bilan Rossiya, Belarus va Xitoy davlatlaridan soʻng toʻrtinchi oʻrinda ketmoqda.
Sharhlar