Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Qrim ko‘prigini yo‘q qilish rejalari haqida gapirdi

Фото: focus.ua (архивное фото)

ICTV telekanaliga bergan eksklyuziv intervyusida Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) rahbari Vasiliy Malyuk Qrim ko‘prigini yo‘q qilish bo‘yicha rejalarni muhokama qildi.

Malyuk eslatishicha, UXXning ikkita muvaffaqiyatli operatsiyasidan keyin, Rossiya Qrim ko‘prigidan qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun foydalanishni to‘xtatgan. Ungacha ko‘prikdan sutkasiga qurol va o‘q-dori ortilgan 42-46 ta poyezd o‘tgan bo‘lsa, hozir faqat to‘rt-beshta, shulardan to‘rttasi yo‘lovchi poyezdi bo‘lsa, bittasi umumiy iste’mol mahsulotlarini tashuvchi poyezddir.

Ayni vaqtda u Rossiya tomoni ko‘prikni to‘liq qayta tiklash ustida ishlayotganini aytdi. Agar bu amalga oshsa, ular yana qurol tashiy boshlaydi, ammo biz tomonimizdan reaksiya shunga yarasha bo‘ladi, dedi u. “Hamma narsaning o‘z vaqti keladi, kelinglar, hodisalarni tezlashtirmaymiz. Uni to‘liq yo‘q qilish uchun salohiyatimiz albatta bor”, — dedi Malyuk.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.