Qum xom-ashyosini noqonuniy qazib olayotgan shaxslar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va G‘uzor tuman bo‘limi tomonidan viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hamda “Xavfsiz daryo” boshqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro R.Q. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida “Qashqadaryo” daryosining G‘uzor va Qarshi tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi qismining muhofaza zonasidagi yer maydonlarini maxsus texnikalar yordamida qazib olganligi aniqlangan.
Xabarga ko‘ra, “o‘zboshimchalik bilan qazilgan qum xom-ashyosi 9,5 ming kub hajmni tashkil etgan hamda davlat va jamiyat manfaatlariga 948,6 mln so‘m zarar yetkazgan”.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar