Nukusdagi qurilish mollari omborida yong‘in sodir bo‘ldi
8-oktabr kuni soat 12:47 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, “Jeke Terek” MFYda joylashgan qurilish mollari saqlanib kelingan omborxonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 12:53 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:09 da o‘rab olingan va soat 13:15 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida 150 kv.m. maydonda qurilish mollari yonib zararlangan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Ulashish:
Sharhlar