Quruvchi tashkilot Toshkent markazidagi “stalincha bino”ni buzishga ruxsat oldi
2023-yilning 24-oktabr kuni bloger Nikita Makarenko Yakkasaroy tumani hokimligi va Toshkent hokimligi Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan tarixiy 22-uyni buzishga ruxsat berilgani haqida xabar qilgandi.
Uning o‘rnida yangi bino qurish rejalashtirilgan.
“Bu uy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilmagan, biroq ekspertlar hukumatdan Sh.Rustaveli ko‘chasidagi barcha binolar ansamblini, shu jumladan, ushbu uyni ham ro‘yxatga kiritishni bir necha bor talab qilgan”, — deb yozadi bloger.
Shota Rustaveli ko‘chasi o‘zining namunali sovet davriga hos uylari bilan mashhur. 1960-1965 yillarda ko‘plab binolar qurilgan. Turar-joy binolaridan tashqari, ko‘chada bir vaqtlar taniqli Frunzenskiy savdo markazi, Toshkent to‘qimachilik kombinati va “Okean” do‘koni joylashgan edi – hozirda aholi bu nomlarning barchasini diqqatga sazovor joylar sifatida ishlatishadi.
14-fevral kuni Nikita Makarenko quruvchi tashkilot Toshkent markazidagi “stalincha bino”ni buzishga ruxsat olgani haqida yozyapti.
“Shota Rustavelidagi Okean yonida joylashgan “stalincha bino” baribir buzilmoqda. Harakatlari Yakkasaroy tumani va Toshkent shahar hokimligi tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlangan va ma’qullangan vahshiylar uyda istiqomat qiluvchilarga15 martga qadar o‘z yashash uylarini tark etishni buyurgan. Agar bu amalga oshsa, Toshkent tarixida bu buzib tashlangan birinchi “stalincha bino” bo‘ladi. Mutaxassislar Shota Rustaveli va Bobur ko‘chalarining butun ansambllarini madaniy meros ro‘yxatiga kiritishlarini bir necha bor so‘rashgan – biroq bu so‘rovlar javobsiz qolgan, uylar esa shunday mo‘ljal bilan bunyod etilgan edi”, – deb yozadi bloger.
Sharhlar