Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan 2 yoshli bola qutqarib olindi

Foto: FVV

Toshkent viloyati Zangiota tumani “Harakat” mahallasida joylashgan uylarning birida ushbu uy egasining 2 yoshli farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketgan. Bu haqda 13-may kuni soat 16:58 da FVBga xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib bordi va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida taxminan 5 metrlik hojatxona chuqurligidan bolani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qoldi, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.