Toshkentda ko‘p qavatli uydagi yong‘indan bir bola qutqarib olindi
Toshkentda ko‘p qavatli uylardan birida sodir bo‘lgan yong‘indan bir bola qutqarib olindi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Yong‘in 15-avgust kuni Toshkent shahar, Uchtepa tumani, “Ko‘hna Cho‘ponota” MFY Chilonzor 13-mavzeda joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida sodir bo‘lgan. 13:04 da FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:13 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:29 da bartaraf etilgan.
Yong‘inni bartaraf etish vaqtida yong‘in joyida bir nafar bola borligi aniqlangan. Zudlik bilan FVV qutqaruvchilari tomonidan bola qutqarilib, hayoti saqlab qolindi va tibbiyot xodimlariga topshirildi. Hozirda uning ahvoli yaxshi.
Yong‘in natijasida xonadonning 20 m.kv maydonda uy jihozlari yonib zararlangan.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Sharhlar