Quyonlarning jang qilayotgani yashirin kameraga tushib qoldi

Foto: Ekologiya vazirligi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Xorazm milliy tabiat bog’ida o‘rnatilgan fotoqopqonga bir-biri bilan urishayotgan quyonlar muhrlandi.

Ma’lumot uchun, Xorazm milliy tabiat bog’i 2019-yil 14-dekabrda tashkil topgan va Urganch tumani, Yangibozor tumani, Xiva tumani, Xonqa tumani va Tuproqqal’a tumanlari hududlarida joylashgan.

Bog’da 260 tur hayvonot dunyosi mavjud. Shundan 68 turi O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Eng ko’p uchraydigan hayvonlarga chiyabo’ri, qirg’ovul, yovvoyi o’rdak, yumronqoziq, tolay tovushqoni (quyon), qora qarg’a va dala chumchuqlari kiradi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.