Toshkent viloyatida quyosh foto-elektr stansiyasi qurilishi boshlandi
Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hokimi B.Begmatov hamda Xitoy Xalq Respublikasining “China DaTang Corporation” kompaniyasi boshqaruv raisi Jou Lei, boshqaruv raisi o‘rinbosari Li Jianwei, kompaniya bosh ofisi direktori Vang Shunqi va kompaniyaning boshqa mas’ul vakillari bilan birgalikda “Bo‘ka” mahallasida amalga oshirilishi belgilangan loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Loyiha taqdimoti bilan tanishildi. Uni amalga oshirish jarayonlari, kutilayotgan natija va kelgusidagi rejalar to‘g‘risida fikr almashildi. Shuningdek, 263 megavatt quvvatga ega quyosh foto-elektr stansiyasini qurish loyihasiga start berildi.
Ma’lumot uchun, prezident qaroriga asosan Xitoylik investorlar Bo‘ka tumanidagi “Bo‘ka” mahallasi hududidan ajratilgan 621 gektar yer maydonida loyiha qiymati 150 mln. dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobidan quyosh foto-elektr stansiyasi hamda havo uzatish tarmog‘ini quradi. 263 megavatt quvvatga ega mazkur stansiya Xitoyning “China DaTang Overseas Investment” kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Sharhlar