Shahnoza Mirziyoyeva Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi

Фото: https://t.me/Paralympicuz

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi Ijroqo‘m yig‘ilishining tegishli qarori bilan Mirziyoyeva Shahnoza Shavkatovna O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shahnoza Mirziyoyeva hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritib kelmoqda.

Shahnoza Mirziyoyeva 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Pedagogika fanlari nomzodi. Shuningdek, huquq va jahon iqtisodiyoti bo‘yicha magistrlik darajalariga ega.

2017-yildan (ochilganidan beri) O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligida ishlagan, u yerda maktabgacha ta’lim sohasida siyosatni shakllantirish va strategik rivojlanish Bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Shuningdek, u vazirning maktabgacha ta’limda tenglik va inklyuziya bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan.

2023-yilda esa Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.