Raqobat bo‘yicha qo‘mita “Agrobank”ka nisbatan ish qo‘zg‘atdi
Raqobat bo‘yicha qo‘mita “Agrobank”ning Toshkent viloyati boshqarmasiga fermerlar huquqlarini poymol qilgani uchun chora ko‘rganini ma’lum qildi.
Qo‘mitaga Chinoz tumanida joylashgan bir qancha fermer xo‘jaliklaridan murojaat kelib tushdi. Ular bankdan kredit olib, o‘g‘it, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkilotlarni ixtiyoriy tanlash bo‘yicha shartnomalar imzolagan.
Biroq bankning qishloq xo‘jaligini kreditlash bo‘limi fermerlarga byurokratik to‘siqlar yaratishga kirishgan. Fermerlardan “korxonalarni Chinoz tumani hokimligi ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida xat” berishni asossiz talab qilishgan.
“Agrobank” fermer xo‘jaliklarini kreditlash sohasida yuqori muzokaralar vakolatiga ega xo‘jalik yurituvchi sub’ekt maqomiga ega, deya ta’kidladi qo‘mita. Bankdan ma’lum qilishlaricha, joriy mavsum uchun bank tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan 4,6 milliard so‘m o‘zlashtirilgan.
Qo‘mita “Agrobank” filialiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunni buzganlik uchun ish qo‘zg‘atdi. “Tashkilotga nisbatan belgilangan tartibda choralr ko‘rildi”.
Sharhlar