Raqobat qo‘mitasiga 9 oyi davomida 39 302 ta murojaatlar kelgan
Raqobat qo‘mitasiga 2024 yilning 9 oyi davomida jami 39 302 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 21 562 ta elektron, 14 986 og‘zaki, 2 757 ta yozma murojaatlarni tashkil etdi. bu haqida Raqobat qo’mitasi xabar bermoqda.
Qo‘mitaga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarning asosiy qismi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunchilik (raqobatni cheklovchi xarakatlar, monopolist korxonalar bilan bog‘liq), savdo, maishiy va qurilish xizmati ko‘rsatish, aloqa va transport xizmati, kommunal soha va boshqa masalalariga to‘g‘ri kelmoqda.
Shuningdek, o‘rganishlar davomida Qo‘mita tomonidan 113 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinib berilishi ta’minlandi.
Sharhlar