Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi “INVEST FINANS BANK” AJni jarimaga tortdi
Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar davomida “INVEST FINANS BANK” AK kredit xizmatlari haqidagi reklama ma’lumotlarida iste’molchilarni noto‘g‘ri tushunadigan ma’lumotlar borligi aniqlandi.
Jumladan, Toshkent shahrining bir qator ko‘chalariga o‘rnatilgan LED ekranlarda “50 000 000 ulanishsiz, 50 kun foizsiz, 5 yilga, dam olish, ta’mirlash, jihozlash uchun” degan bank reklamasi ko‘rsatildi. Biroq, bankning rasmiy veb-sayti tekshirilganda, 60 oygacha bo‘lgan muddatga yillik 23,99% stavkada 50 million so‘mgacha kredit olish faqat INFIN BLACK kartasi bilan mumkunligi ma’lum bo‘ldi. Kartadan naqd pul yechib olish uchun 2%, kartadan kartaga o’tkazma uchun 1% undiriladi, foiz stavkasi esa yiliga 25,55% dan 54,75% gacha o’zgarib turadi.
Tashqi reklamada qo‘shimcha shartlar va kredit haqidagi muhim ma’lumotlar ko‘rsatilmagan.
Mazkur holat yuzasidan qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi va “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun hujjatlarining buzilishi belgilari aniqlanib, “INVEST FINANS BANK” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Natijalarga ko’ra, bankka moliyaviy jarima qo’llashga qaror qilindi.
Sharhlar