Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi kiyim-kechak do‘konining О‘zbekiston madaniyat vaziri ishtirokidagi reklamasini tekshirmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda О‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirokidagi “KINGSMAN UZBEKISTAN” kiyim-kechak do‘konining reklamasi tarqaldi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining asosiy vazifalaridan biri mamlakatda reklama sohasiga oid qonun hujjatlarini monitoring qilishdan iborat.
Qo‘mita ushbu holat yuzasidan 07.06.2022 yildagi “Reklama to‘g‘risida”gi qonun doirasida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Ulashish:
Sharhlar