Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Termiz davlat pedagogika institutining tenderini bekor qildi

Фото: вики

Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Termiz davlat pedagogika institutining 2 milliard so‘mlik tenderini aniqlangan qonunbuzarliklar tufayli bekor qildi.

Departament matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, qo‘mitaning Surxondaryo bo‘limiga institutdan boshlang‘ich qiymati 2 002 382 125 so‘mlik tender o‘tkazish uchun ariza kelib tushgan.

Buyurtmachi yangi o‘quv binosi uchun mebel sotib olish bo‘yicha tanlov tenderlarini o‘tkazgan, biroq tender davomida xarid komissiyasi ishtirokchilar takliflarining nisbiy narxini baholash mezonlarini ishlab chiqmagan.

Natijada qo‘mita Termiz davlat pedagogika institutiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi (Tender savdolarida raqobatni cheklashga qarshi talablar)ni buzganlik uchun ish qo‘zg‘atgan va tanlov bekor qilingan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.