“Navoiyazot” havoga chiqarayotgan tashlanmalar miqdori me’yordan yuqori ekanligi aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar Navoiy shahar havosidan 2 kundan buyon nafas olib bo‘lmasligidan shikoyat qilayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Navoiy viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, holat boshqarma xodimalri tomonidan o‘rganib chiqilgan. O‘rganish davomida Navoiy viloyat Ekologiya boshqarmasining AMMIO‘Z va ChQKB xodimlari, Navoiy gidrometeorologiya boshqarmasi hamda “Navoiyazot” AJ markaziy laboratoriyasi xodimlari tomonidan “Navoiyazot” AJ sanitar himoya zonasi atrofidan olingan tahlil natijalariga ko‘ra atmosfera havosiga tashlanmalar miqdori me’yordan yuqori ekanligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan AJ maʼmuriyatiga tegishli tartibda majburiy ko‘rsatmalar berildi. Bugungi kunda “Navoiyazot” AJ hududida tekshiruvlarni o‘tkazish va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga aniqlik kiritish maqsadida Prezident huzuridagi Tadbirkorlik huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vakiliga kelishilgan holda tekshiruvlarni o‘tkazish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar taqdim etishga tayyorlanmoqda.
O‘rganish ishlari yakuni bilan qo‘shimcha axborot berilishi ma’lum qilindi.
Sharhlar