Rasmiy: Ozodbek Nazarbekov va Hilola Umarova o‘z lavozimlarini tark etmayapti
Davlat roʻyxatidan oʻtgan ommaviy axborot vositalarida OʻzLiDeP tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga koʻrsatilgan maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vaziri Xilola Umarova va “Milliy tiklanish” partiyasidan nomzod Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning isteʼfoga chiqishi haqida xabarlar tarqaldi.
“Ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini, deputatlikka nomzodlar haqidagi tegishli ma’lumotlar Markaziy saylov komissiyasi yoki partiyalarning rasmiy sahifalarida berilishini ma’lum qilamiz. Aholi oʻrtasida yolgʻon maʼlumot tarqatganlik uchun javobgarlik borligini eslatib oʻtamiz”, — deyiladi xabarda.
Ulashish:
Sharhlar