Razambek Jamalov Olimpiada finalchisini magʻlubiyatga uchratdi

Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Razambek Jamalov -74 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida dastlabki bahsini muvaffaqiyatli oʻtkazdi.

Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari finalchisi, neytral maqomda kurashayotgan Magomedhabib Kadimagomedov bilan bellashgan sportchi irodali gʻalabaga erishib, keyingi davraga yoʻl oldi.

Avvalroq suvga sakrash dasturida Igor Myalin oʻz ishtirokini boshlagani va birinchi urinish 64.00 ball jamgʻarishga erishgani haqida xabar bergan edik.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.