Razambek Jamalov ham Olimpiada chempioni, u mamlakatga 6-oltinni olib keldi

Uzoq yillik tanaffusdan keyin oʻzbekistonlik erkin kurashchilar yana Olimpiya oʻyinlarining finalida ishtirok etdi.

-74 kg vazn toifasida ishtirok etgan terma jamoamiz aʼzosi Razambek Jamalov oltin medal uchun bahsda yaponiyalik Daichi Takataga qarshi gilamga chiqdi. Yakunda Razambek Jamalov g’alaba qozonib, delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronzani tashkil etmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.