Razambek Jamalov UFC dan taklif tushsa oʻylab koʻrmoqchi

Foto: Olympic

Erkin kurash boʻyicha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Razambek Jamalov ayni paytda BAAda boʻlib turibdi. Uning aralash jang ustalari bilan oʻtkazayotgan mashgʻulotlari koʻplab muxlislarning eʼtiborini tortdi. Fursatdan foydalanib, uning bu boradagi qiziqishlari haqida kichik suhbatni eʼtiboringizga havola qilamiz:

– Sizning soʻnggi mashgʻulotlaringizni koʻrib, koʻpchilikda aralash jang turlariga oʻtmoqdamikan degan fikr uygʻonmoqda. UFC yoki boshqa ligada jang qilish istagi bormi?
– Bunday mashgʻulotlar men uchun zavqli. Agar UFC dan yaxshi taklif tushsa, oʻylab koʻrishim mumkin.

– BAAda yana qancha vaqt boʻlasiz? Nega aynan aralash jang ustalari bilan shugʻullanmoqdasiz?
– Ular mening doʻstlarim. Bu yerda mashgʻulot oʻtkazishdan tashqari yaxshi hordiq chiqaryapman. UFC bahslari yakunlangunicha Amirliklarda boʻlaman.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.