Toshkent hokimligi ko‘chalarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanishini e’lon qildi

Фото: Dunyonews

Toshkent shahar hokimligi poytaxtning qator chorrahalari va ko‘chalarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanishini ma’lum qildi.

Ishlarning asosiy qismi joriy yilning may oyidan sentabrigacha – maktablar va oliy o‘quv yurtlarida ta’til kunlarida amalga oshiriladi.

Ishlar asosan tungi vaqtda — 22:00 dan 06:00 gacha bajariladi. Poytaxtdagi piyodalar va haydovchilar bu ishlarning og‘irligini his qilmasliklari uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz, deyiladi xabarda.

Ish birinchi marta keng ko‘lamda, yangi qoplama (ShMA) turlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, yer osti kommunikatsiyalari ham tekshiriladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.