Respublika bo’ylab 213 ta joyda mustaqillik bayramlari nishonlanadi
Mustaqillikning 33 yillik bayram tadbirlari Respublika hududlarida 213 ta joyda 23-avgustdan o‘tkazilish boshlangan va ushbu tadbirlar 31-avgust kuniga qadar davom etadi, deb xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi JXD axborot xizmati.
Tadbirlar davomida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash uchun 16 832 nafar ichki ishlar organlari, 4 677 nafar Milliy gvardiya, 1 943 nafar Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va harbiy xizmatchilari hamda 7 244 nafar jamoatchilik vakillari jalb etilmoqda.
Xodimlarga xizmatda foydalanish uchun 3 037 ta metallodetektor, 1 587 ta avtotransport, 7 881 ta aloqa vositalari va 267 bosh xizmat itlari ajratildi.
Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan obyektlarda 2 107 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatilib, shundan 452 tasi hududiy ichki ishlar organlariga integratsiya qilindi hamda onlayn nazorat o‘rnatildi.
Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylardan 150 metr uzoqlikda 396 ta avtoturargohlar tashkil etildi.
Bundan tashqari, bayram tadbirlari va xalq sayillari o‘tkaziladigan joylarda transport vositalarining to‘g‘ridan to‘g‘ri kirib kelishini oldini olish maqsadida, temir panjara, beton to‘siq va taranlar o‘rnatiladi.
Zaruriy holatlarda esa, ayrim ko‘cha va yo‘llarda harakatning cheklanishi sababli, aylanma yo‘llar tashkil etiladi.
Mazkur joylarga faqat xizmat ko‘rsatish transport vositalarining kirishiga ruxsat beriladi.
Sharhlar