Respublika ona va bola salomatligi markazi Markaziy Osiyoda eng yaxshi tibbiy tashkilot deb topildi

Foto: SSV

19-sentabr kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida Butunjahon bemorlar xavfsizligi kuni munosabati bilan akkreditatsiya va tibbiy yordam sifati bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda AQSH, Kanada, BAA, Daniya, Serbiya, Irlandiya, Mongoliya, Yevropa Ittifoqi va MDH mamlakatlari qatorida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi vakillari ham ishtirok etdi.

Anjumanda tibbiy yordam sifati va xavfsizligini ta’minlash, bu borada akkreditatsiyaning o‘rni, xalqaro standartlarni joriy etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tadbir doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Natalya Nadirxanova Sog‘liqni saqlash sohasida sifat bo‘yicha akkreditatsiya markazi (ACQH) hamda Akkreditatsiya va sog‘liqni saqlashni rivojlantirish bo‘yicha Markaziy Osiyo Kengashi tomonidan “Markaziy Osiyoda eng yaxshi tibbiy tashkilot rahbari” sifatida e’tirof etildi.

Ma’lumot uchun, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan O‘zbekistondagi ilk davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.