Respublika patologik anatomiya markaziga yangi direktor tayinlandi

Foto: SSV

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Nishanov Daniyar Anarbayevich Respublika patologik anatomiya markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

D. Nishanov 1995-yili Toshkent pediatriya tibbiyot institutini, 2003-yili Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining magistratura bosqichini patologik anatomiya yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Dastlabki mehnat faoliyatini Toshkent pediatriya tibbiyot institutida laborant sifatida boshlab, keyinchalik Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining patomorfologiya bo‘limi vrach-gistologi, bo‘lim mudiri, bo‘lim ilmiy rahbari kabi vazifalarda mehnat qilgan.

Tibbiyot fanlari doktori, professor D. Nishanov tayinlovga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.