Respublikada o‘tgan yilda yangi ish o‘rinlari soni 363 802 tani tashkil etgan
Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan yangi ochilgan ish o‘rinlari soni 363 802 tani tashkil etgan.
Hududlar bo‘yicha yangi ochilgan ish o‘rinlari sonining eng ko‘pi:
Toshkent shahrida – 117 225 ta;
Toshkent viloyatida – 35 852 ta;
Farg‘ona viloyatida – 31 468 ta;
Samarqand viloyatida – 26 416 ta;
Andijon viloyatida – 22 517 ta;
Namangan viloyatida – 19 716 ta;
Surxondaryo viloyatida – 17 425 ta qayd etilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlarida hududlar kesimida nechta ish o‘rinlari yaratilgani bo‘yicha raqamlar berilgan. Ammo, ish o‘rinlarining turlari berilmagan.
Ulashish:
Sharhlar