Respublikada transport xizmatlari boʻyicha 69 trln soʻmdan ziyod xizmatlar koʻrsatilgan
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko’ra, 2024- yilning yanvar-iyul oylarida respublikada transport xizmatlari boʻyicha 7 oyda 69 trln soʻmdan ziyod xizmatlar koʻrsatilgan.
2023- yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turi 7 % ga o‘sgan.
Koʻrsatilgan jami bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmatlarning ulushi 22 % darajasida qayd etilgan.
Hududlar kesimida mazkur yoʻnalishda nisbatan yuqori koʻrsatilgan xizmatlar hajmi Toshkent shahri (13,3 trln soʻm), Toshkent (4,4 trln soʻm), Samarqand (4,2 trln soʻm), Fargʻona (3,1 trln soʻm) hamda Andijon (2,7 trln soʻm) viloyatlarida qayd etilgan.
Ulashish:
Sharhlar