Romitan hokimi yordamchisi sodir etgan YTHda maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi

Foto: “Kun.uz”

Buxoro viloyati Romitan tumani hokimining “Iftixor” MFY bo‘yicha yordamchisi Elyor Toshpo‘latov o‘zining boshqaruvidagi “Neksiya-2” avtomobilida sodir etgan yo‘l-transport hodisasida 10 yoshli bola vafot etdi, deb xabar bermoqda Kun.uz o‘z manbasiga tayanib. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari ushbu hodisa haqiqatda yuz berganini tasdiqladi.

Mahalliy Telegram-kanallardan birida “haydovchi qoidalarni buzgan holda katta tezlikda harakatlangani” aytiladi.

Tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, hokim yordamchisining xatti-harakatlari kadrlar bo‘limi tomonidan o‘rganilmoqda.

Bu hodisa haqida Buxoro viloyati IIB YHXB tomonidan rasmiy ma’lumot berilmagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.