Roskomnadzor taqiqlangan ma’lumotlar reestriga VPN haqidagi videoni qo’shdi
Rossiyaning ayrim foydalanuvchilari YouTube videoxosting xizmatidan Roskomnadzor blokirovkasini chetlab o‘tishga yordam beruvchi VPN xizmatlari haqidagi ma’lumotlarga oid barcha kontentni o‘chirib tashlashlari kerakligi haqida bildirishnoma oldi, deb yozadi “RBK” .
YouTube foydalanuvchilarga “Axborot, axborot texnologiyalari va axborotni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 15.1-moddasi 7-qismi asosida Rossiya ijroiya hokimiyati o‘z videolarini taqiqlangan ma’lumotlar reyestriga kiritganligi haqida xabar berdi.
Umuman olganda, YouTube’da VPN-dan qanday foydalanish haqida ma’lumot va ushbu xizmatlar haqida boshqa tafsilotlarga ega 300 dan ortiq videolar mavjud.
VPN ma’lumotlarini nashr etish 2029 yilning kuzigacha cheklanadi, faqat xavfsiz masofaviy kirish materiallarini joylashtirish imkoniyati saqlanib qoladi.
Sharhlar