“Roskomnadzor” YouTube servisining faoliyatida o‘zgarishlarni ko‘rmadi

фото: profile.ru

“Roskomnadzor”ga bo‘ysunuvchi Jamoatchilik kommunikatsiyalari tarmog‘ini monitoring qilish va boshqarish markazi YouTube videoservisining sifatida o‘zgarishlar yo‘qligini ma’lum qildi.

“ GlobalCheck servis faoliyatining sifatini tekshirmaydi”, — deyiladi markaz bayonotida.

14-noyabr kuni kechqurun rossiyalik foydalanuvchilar YouTube Rossiyada cheklovsiz ishlay boshlagani haqida xabar berishdi.

Shundan so‘ng Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov YouTube bilan bog‘liq muammolarning bir qismi Google kompaniyasining Rossiya qonunchiligi talablariga mos kelmaydigan pozitsiyasi bilan bog‘liqligini aytdi.

Shu bilan birga, Davlat Dumasi deputati, Axborot siyosati qo‘mitasi a’zosi Anton Nemkin o‘zining Telegram-kanalida shunday dedi: “Rossiyada YouTube blokirovka qilinmagan. Videoxostingning sekinlashuvi, bu haqda kim nima desa ham, mamlakatimizda Google uskunasining degradatsiyasi bilan bog‘liq”.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.