Rossiya bosh vaziri Samarqandda bosh konsulxona ochish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Samarqandda Rossiya bosh konsulxonasini ochish to‘g‘risida farmon imzoladi, deb yozadi “TASS”. Hujjat huquqiy axborot rasmiy portaliga joylandi.
“Samarqand shahrida (O‘zbekiston Respublikasi) RF bosh konsulxonasi ochilsin”, — deyiladi farmonda.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga bosh konsulxonaning shtat sonini belgilab, uning shtat jadvalini tasdiqlash yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil oktabrida O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida Rossiya Federatsiyasining Samarqand shahrida Bosh konsulxonasini ta’sis etish to‘g‘risidagi bitim imzolangandi. Hujjat 6-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha qabul qilingan edi.
Sharhlar