Rossiya kasalxonalari, madaniyat markazlari, cherkovlari va kutubxonalari kvadrobingning “profilaktikasi” ga qo’shildi
Oktyabr oyining boshida agentlik Rossiyadagi maktablar va bolalar bog’chalarida kvadrobingning “zarari” bo’yicha darslar o’tkazila boshlaganini aniqladi. Bu haqdagi xabarlar Vkontakte’dagi ta’lim muassasalari sahifalarida chop etildi.
Kuni kecha Mediazona nafaqat ta’lim muassasalari, balki shifoxonalar, madaniyat markazlari va kutubxonalar ham kvadrobing “oldini olish” haqida xabar berayotganiga e’tibor qaratdi. Kemerovo viloyatida esa faxriylar bilan kvadrobing haqida suhbat bo’lib o’tdi, deb xabar beradi Podem.
“Biz bolalar oldiga bormadik, agar kimdir bilmasa, ular bu yangi bilimdan foydalanadilar, deb qo’rqardik. Shu bois faxriylar nabiralariga e’tibor qaratishsin, deb ularning oldiga bordik”, – deydi tuman kutubxonasi rahbari.
Sharhlar