Rossiya Markaziy banki choralariga qaramay, rublning tushishi davom etmoqda
Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki tomonidan amalga oshirilgan valyuta intervensiyalariga qaramay, Rossiya rubli dollar, yevro va yuanga nisbatan pasayishda davom etdi. Payshanba kungi savdolarda yuan/rubl juftligi 14,65 atrofida savdo qildi va rubl o’z qiymatining 1,3 foizini yo’qotdi. Dollar va yevroning fyuchers shartnomalarida ham rublning pasayishi qayd etildi – mos ravishda 108,1 va 113,4.
Bir kun avval rubl 2022-yil mart oyidan beri eng yomon qiymatiga tushib ketdi, o‘shanda yuan 15,16 rublni tashkil qilgan edi. Shu bilan birga, bitimlar hajmi bir necha oy ichida birinchi marta 15 milliard yuandan oshdi.
Asosiy bosim omillari:
- geosiyosiy keskinliklar;
- AQSh sanksiyalari, shu jumladan Gazprombankga qarshi sanksiyalar fonida valyuta tushumlarining kamayishi;
- o’zgaruvchanlik tufayli investor xavotirlari.
Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining yil oxirigacha Moliya vazirligi uchun chet el valyutasini sotib olishdan bosh tortish to’g’risidagi qarori rublni biroz qo’llab-quvvatladi, ammo tahlilchilarning fikriga ko’ra, bu valyuta kursini barqarorlashtirish uchun etarli emas. Mutaxassislar yuqori volatillik xavfi davom etishi haqida ogohlantirmoqda.
Sharhlar