Rossiya mudofaa vazirligi UQK Bryansk oblastiga ATACMS raketalari bilan zarba berganini ma’lum qildi
19-noyabrga o‘tar kechasi Moskva vaqti bilan soat 03:25 da Ukraina qo‘shinlari Bryansk oblastidagi ob’ektga oltita ATACMS ballistik raketasi bilan zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar beradi.
Departamentning ta’kidlashicha, Amerikada ishlab chiqarilgan ATACMS raketalaridan foydalanish bo‘yicha tasdiqlangan ma’lumotlar mavjud.
Ma’lumotlarga ko‘ra, raketaga qarshi jang bo‘lib o‘tgan, uning davomida “С-400” havo mudofaa tizimi va “Pansir” havo mudofaasi raketa tizimi jangovar ekipajlari uchib kelayotgan beshta raketani urib tushirgan. Yana birini shikastlagan.
“Bryansk oblastidagi harbiy obyektning texnik hududiga shikastlangan raketaning bo‘laklari tushib, yong‘in tezda o‘chirilgan”.
Avvalroq Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi Ukraina Rossiya hududiga birinchi marta ATACMS raketalarini uchirganini tasdiqlamagandi.
Sharhlar