Rossiya mudofaa vazirligi “UQQ mobil guruhlarining Kursk oblasti ichkarisiga kirishga bo‘lgan urinishlariga chek qo‘yilgani” haqida bildirdi
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk oblasti ichkarisiga kirib borishga urinishlari bostirilganini ma’lum qildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari aviatsiya, dronlar va artilleriya vositalaridan foydalangan holda, “Общий колодезь”, Snagost, Kauchuk va Alekseyevskiy aholi punktlari yaqinida zirhli texnikalarda Ukraina kuchlarining mobil guruhlari yorib o‘tishining oldini olgan.
Bundan tashqari, Sumi oblastining Miropolye, Mogritsi va Petrushevka hududlarida joylashgan Ukraina zaxiralariga hujumlar uyushtirilgan. Shuningdek, vzirlik UQK hujumchi brigadasining Martinovka hududidagi hujumining oldi olingani, buning natijasida 15 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli mashina va ikkita avtomobil yo‘q qilingani haqida xabar berdi.
Rossiya harbiylari havo va artilleriya zarbalari bilan Mixaylovka, Korenevo, Nikolayevo-Daryino, Oleshnya, Sudja va Nikolayevka hududlarida bir nechta Ukraina brigadalarining texnikasi va ishchi kuchiga talofat yetkazganini aytmoqda.
Ukraina tomoni bu bayonotlarga hozircha izoh bermadi. Davom etayotgan mojaro kontekstida muharrirlar har ikki tomon taqdim etgan ma’lumotlarni zudlik bilan tasdiqlay olmaydi.
Sharhlar