Rossiya Mudofaa vazirligining ilmiy-tadqiqot instituti rahbari o‘zini Qizil maydonda yoqishga urindi

Фото: Mash

Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli “Volna” markaziy ilmiy-tadqiqot instituti rahbari Vladimir Arsenyev Moskvadagi Qizil maydonda o‘zini yoqib yuborishga urindi, deya xabar beradi Mash.

Voqea Lenin mavzoleyidan bir necha metr masofada sodir bo‘lgan. 74 yoshli erkak o‘ziga tez yonuvchi suyuqlik sepib, o‘zini yoqib yuborgan, biroq yaqin atrofdagi politsiya xodimlari tomonidan tezda o‘chirilgan. Oxir-oqibat, Arsenyev deyarli hech qanday zarar ko‘rmagan, ayni paytda uni huquqni muhofaza qilish organlari so‘roqqa tutmoqda.

“Volna” ilmiy-tadqiqot instituti quruqlikdagi kuchlar, aviatsiya va dengiz flotining radiostantsiyalari uchun komponentlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 2023-yilda Vladimir Arsenyev davlat mudofaa buyurtmasi doirasida maxsus harbiy operatsiya ehtiyojlari uchun yetkazib berishlarni qasddan buzishda ayblangan. Korxonada tekshiruv o‘tkazilgan, ammo nazorat organlari oxir-oqibat qonunbuzarliklarni aniqlamagan.

Endilikda institut rahbari o‘z sha’ni va qadr-qimmatini sud orqali himoya qilishga urinmoqda va o‘ziga qo‘yilgan ayblar o‘ylab topilganini ta’kidlamoqda.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.